To’g’ri kasbni tanlash sizning barcha imkoniyatlaringizni ishga solishga, umidsizlikka tushmaslikka, o’zingizni va oilangizni qashshoqlik va kelajakka nisbatan noaniqlikdan himoya qilishga imkon beradi.
BatafsilHar kim kelajak kasblarini har xil tasavvur qiladi. Kimdir kelajak kasbi bu axborot kommunikatsiya texnologiyalari ekaniga ishonsa, yana kimdir iqtisodiy tarmoqlarni kelajak kasbi deb hisoblaydi.
Batafsil"Jobs of Tomorrow" saytining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin 15-20 yil ichida robotlar va sun’iy intellekt odamlardan o‘rnini "tortib oladi".
BatafsilBolalar tarbiyachilari chaqaloqlar va yosh bolalarni parvarishlaydi, tarbiyalaydi, ularning rivojlanishi va o'rganishiga yordam beradilar. Bu vazifada ular bolalarni tarbiyalashga mas'ul boʻlib, ularni o'yinlar, mashg'ulotlar orqali bolalarning hisoblash, soʻzlashish va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ishning asosiy qismi besh yoshgacha bo'lgan bolalar bilan bog'liq, lekin ba'zi bolalar bog'chalari kattaroq yoshdagi bolalarga maktabga tayyorlash va oʻqitishni taklif qiladilar.
Boshlang'ich sinf oʻquvchilarini o'qitish, yosh bolalar bilan ishlashni yoqtiradigan va ta'limga qiziquvchilar uchun juda mos kasb. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari bolalarga yangi ko'nikmalarni o'zlashtirishlari va qiziqishlarini rivojlantirishlari uchun darslarni loyihalash uchun ijodkorlik va g'ayratga muhtoj. Bolaning hissiy, ta'limiy va ijtimoiy o'sishini shakllantirishga yordam berish
Agar siz ma'lum bir fan bo'yicha yuqori darajadagi bilimga ega boʻlib, faningizni oʻqitishda katta ishtiyoq bo'lsa, universitetda muvaffaqiyatli oʻqituvchi sifatida ishlashingiz mumkin. Universitet professorlari bakalavriat yoki magistratura talabalariga dars o‘tishadi. Ular o'qitishni ixtisoslik bo'yicha tadqiqot olib borish bilan birga birlashtirishi mumkin. Odatda professor uchun doktorlik darajasi talab qilinadi, magistr darajasi bilan ba'zi universitetlarda assistent lavozimida ish boshlash uchun yetarli bo'lishi mumkin.
(nem. feld — maydon va scherer — sartarosh) — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi; davolashprofilaktika muassasalarida feldsher vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ishlaydi. Feldsher vrach kelguniga qadar tibbiy yordam koʻrsatadi, shuningdek, profilaktika va epidemiyaga qarshi sanitariya ishlari olib boradi.
klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tugʻruq vaqtida va tugʻruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir boʻladigan fiziologik va patologik jarayonlarni oʻrganadi. Asosiy vazifasi: tugʻruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (masalan, toksikozlar)da tugʻruq, tugʻruqdan keyin (tugʻruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarning oldini olish, asoratlar paydo boʻlganda esa ayolga, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqqa tibbiy yordam koʻrsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu vazifani kasalxonalar, tugʻruqxonalar yoki qishloq vrachlik punktlarida akusher-vrach yoki akusherka bajaradi.
Kosmetologlar mijozlar tashqi ko'rinishi va kayfiyatini yaxshilashga ixtisoslashgan. Ular mijozlarning tashqi ko'rinishi, salomatligini yaxshilash uchun yuz va tana muolajalari, masalan, manikyur, pedikyur, soch tuklari gigyenasi, qoshlarni terish va maxsus davolash usullarini taqdim etadi. Shuningdek, kosmetolog tavsiya qilgan muolajalar, kosmetika va teri mahsulotlaridan foydalanish, pardoz texnikasi bo'yicha maslahatlar berishi mumkin.
Loyiha menejerlari loyihalarni o'z vaqtida va byudjet kesimida bajarilishini ta'minlash uchun turli sohalarda ishlaydilar. Xizmat vazifalariga mijoz bilan loyihaning maqsadlariga erishish, reja tuzish, xavflarni aniqlash, ishni bajarishda maslahatchilar va mutaxassislar guruhini yig'ish uchun tashkiliy va shaxslararo ko'nikmalarga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi. Shuningdek, loyiha maqsadlariga erishish bosqichlarini kuzatib borish lozim.
Inson resurslari (HR) bo'yicha mutaxassislar ishchi kuchi bilan shug'ullanadilar. Ular tashkilotlarda ishlaydi yangi xodimlarni yollashda, xodimlarning kompaniya standartlari va tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlash uchun javobgardirlar. Ular, shuningdek, xodimlarning vakili sifatida ularning manfaatlarini himoya qiladilar hamda ularga malaka oshirish va rivojlanish imkoniyatlarini taklif qiladilar.
Landshaft dizaynerlari sun'iy va tabiiy muhitda ochiq maydonlarni yaratadi, koʻkalamzorlashtiradi va boshqaradi. Bu rolda boshqa qurilish va muhandislik mutaxassislari bilan hamkorlikda bog'lar, dam olish maskanlari, piyodalar yoʻlkasi, sport maydonchalari, shaharlarni qayta tiklash kabi turli xil loyihalarni rejalashtiradi va boshqaradi.
O'yin dasturchilari turli platformalar uchun o'yinlar ishlab chiqaradilar, shu jumladan shaxsiy kompyuterlar (PC), o'yin uskunalari, smartfonlar, planshetlar va veb-saytlar. O'yin dasturchisi sifatida o'yinning dastlabki konsepsiyasini ishlab chiqish yoki unga kod yozish, audio va videofayllarni yaratish, animatorlar va jamoaning boshqa a'zolari uchun ko'rsatmalarni yozishdan tortib, turli rollarda ishtirok etish mumkin.
Zamonaviy veb-sayt yaratish texnik va ijodiy ko'nikmalarni talab qiladi. Veb-dasturchilar va dizaynerlar veb-saytning tashqi ko'rinishi va foydalanishda qulayligi, shuningdek uning back-end qismi foydalanuvchiga ma'lumotni yetkazib beradigan va saytning muammosiz ishlashini ta'minlaydigan dasturiy ta'minotni ko'rib chiqadilar. Veb-dizaynerlar saytning tashqi ko'rinishiga e'tibor berishadi, veb-dasturchilar esa kuchli texnik va dasturiy tajribaga ega.
Axborot texnologiyalari (IT) ko'pchilik korxona va tashkilotlarning yuragi hisoblanadi, shuning uchun noto'g'ri ishlab chiqilgan kompyuter tizimi kompaniyaning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Tizim tahlilchilari kompyuter tizimidagi mavjud bo'lgan muammolarni undagi foydalanuvchilar va dasturchilar bilan yaqindan ishlash orqali aniqlaydilar. Ular tizimni qanday qayta tuzish mumkinligi, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish yo'llarini rejalashtirish va boshqarish bo'yicha tavsiyalar beradi.
Farmatsevtika mutaxassislari odamlarga, hayvonlarga va atrof-muhitga boʻlgan ta'sirini o'rganish uchun dorivor xususiyatlarga ega kimyoviy moddalar bo'yicha tajribalar o'tkazadilar. Farmatsevtika kompaniyalari, universitetlar, shifoxonalar yoki davlat laboratoriyalarida ishlayotganda, ular moddalarning foydali va mumkin bo'lgan zararli ta'sirini o'rganadilar, ularning ma'lumotlaridan foydalanib, yangi dori-darmonlar va foydalanishda xavfsiz davolash usullarini ishlab chiqadilar.
Stomatologlar tishlar, tish milki va og'iz boʻshligʻining shikastlanishi, kasalliklari, tish kariesini tashxislaydi va davolaydi, ularning tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun kosmetik muolajalar qiladi. Shuningdek, ular bemorlarga ogʻiz boʻshligʻini samarali tozalash usullari, ogʻiz gigiyenasi va tish sogʻligʻini saqlashda ovqatlanish bo'yicha maslahatlar beradi.
Kasalxona jamoasining muhim qismi hisoblangan rentgenograflar rentgen nurlari va tovush to'lqinlari tushiradigan uskunalar yordamida singan suyaklar, shikastlanishlarni tashxislash yoki saratonning ayrim turlari kabi kasalliklarni aniqlab ularni davolashga ixtisoslashgan. Ular anatomiya va inson organizmi bo'yicha akademik bilimlarini murakkab uskunalardan foydalanishda zarur bo'ladigan texnik ko'nikmalardan foydalanadi.
Tez yordam xizmati xodimlari odatda tez yordam brigadasining bir qismi sifatida ishlaydigan sog'liqni saqlash bo'yicha mutaxassisdir. Koʻngilsiz hodisa yoki favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joyga chaqirilganda, xodim bemorning ahvolini baholaydi, zarur hollarda hayotni qutqarib qoluvchi yordam ko'rsatadilar. Ularga kesish va sinish kabi yengil shikastlanishlar, shuningdek, yurak xuruji yoki insult kabi og'ir holatlar bilan shug'ullanishga o'rgatilgan.
Ergoterapevtlar odamlarga nogironlik, kasallik, shikastlanish yoki qariyalik tufayli kelib chiqadigan muammolarni yengishga yordam berish uchun individual davolash dasturlari, jismoniy mashqlar va psixologik terapiyadan foydalanadilar. Ergoterapevtlar bemorlarni to'liq, mustaqil hayot kechirishi uchun kundalik vazifalarni bajarishga o'rgatadilar.
Shifokorlar kasalliklarni, shikastlanishlarni aniqlash uchun bemorlarni koʻzdan kechiradilar va tegishli davolash muolajalarini belgilaydilar. Ular bemorlarga sog‘lom turmush tarzi yuritish uchun maslahatlar berishlari, yoki boshqa shifokor mutaxassislarga yo‘naltirishlari mumkin. Shifokorlar kasalxona, sog‘liqni saqlash markazlari va qurolli kuchlar kabi turli joylarda ish faoliyatlarini olib boradilar.
Oftalmologlar bemorning ko‘zlarini jarohat va kasalliklarga, yoki diabet va yuqori qon bosimiga qarshi tekshiradilar, ko‘rish qobiliyatini nazorat qiladilar. Ular ko‘rish qobiliyatini aniqlash uchun maxsus asbob-uskunalardan foydalanadilar, ko‘rish nuqsonlarini davolash uchun ko‘zoynak yoki kontakt linzalarini tayinlaydilar, ko‘z kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar yozadilar.
Logopedlar nutq va muloqotda muammosi bo‘lgan odamlarni tekshiradilar, tashxis qo‘yadilar va davolaydilar. Bundan tashqari, yeyish, ichish va yutishda qiynaluvchilarga ham yordam ko‘rsatadilar. Logopedlar nevrologik kasalikka yoki rivojlanishi kechikishiga uchragan katta-kichik bemorlarni davolashlari mumkin.
Mikrobiologlar bakteriya va viruslar kabi kasallik, ifloslanish va ekinlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladigan, ammo boshqa kasalliklarga vaksina tayyorlashda ham qo‘llaniladigan mayda organizmlarni o‘rganadilar. Ular organizmlarni yig‘ib, o‘rganib, ular ustida tajribalar olib borishadi. Mikrobiologlarning ishi tibbiyotdan tortib qishloq xo‘jaligigacha turli sohalarga katta foyda keltiradi.
Fizioterapevtlar jarohat, kasallik, nogironlik yoki qarish natijasida jismoniy qiyinchiliklarga duch kelgan odamlarni davolashda muhim rol o'ynaydi. Fizioterapevt bemorlarning ahvolini tiklash yoki boshqarishga yordam berish uchun massaj, gidroterapiya (suv muolajalari) va jismoniy mashqlarni o'z ichiga olgan muolajalardan foydalanadi. Ular xususiy klinikalar yoki shifoxonalarda shifokorlar, hamshiralar, ergoterapevtlar (jismoniy harakatni tiklash) va ijtimoiy xodimlar kabi boshqa sog'liqni saqlash mutaxassislari bilan birgalikda ishlashlari mumkin.
Harbiy xizmatchilar tinchlik saqlagan holda, o‘z yurtlarini quruqlikdagi harbiy harakatlar yordamida himoya qiladilar. Ular Prezident va Mudofaa vaziri, shuningdek, jangovar qo‘mondonlar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradilar. Bulardan tashqari, askarlar tabiiy ofatlar va gumanitar missiyalarda ham yordam beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) (1991—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash birlashmasi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (2019-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga boʻysungan). Asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat ob’ektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qoʻriqlashni taʼminlashdan iborat. Normativ hujjatlarda Qoʻriqlash xizmati nomi bilan atalishiga qaramay, unga nisbatan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi nomi ham qoʻllanadi.
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
Harbiy havo kuchlari uchuvchilari dunyodagi eng ilg'or harbiy samolyotlarni boshqaradilar. Ular milliy havo hududining mudofaasi va xavfsizligini ta'minlaydilar, vatanda va xorijda xizmat qiladilar. Harbiylar qurol ishlatgan holda, havo va yer nishonlari mudofaasi taktikasini bajaradilar. Qidiruv-qutqaruv missiyalaridan tortib, gumanitar yordam berishgacha, uchuvchilar dunyodagi eng murakkab harbiy operatsiyalarni bajarishda xizmat qiladilar.
Qonunni mukammal bilishi va aʼlo darajadagi tadqiqot, yozish va qaror qabul qilish qobiliyatlariga ega bo'lgan sudyalar sud zallarida raislik qiladi hamda adolatni ta'minlaydilar. Sudyalar fuqarolik va jinoiy ishlarni nazorat qilish uchun mahalliy, tuman va shahar sud idoralari tomonidan ishga qabul qilinadi. Huquqshunoslik yoʻnalishida juda yuqori talabga ega kasb boʻlib, ko'pchilik sudyalar o'z lavozimlariga saylanadi yoki tayinlanadi.
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radilar. Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Harbiy-dengiz floti, Harbiy-dengiz kuchlari — okean va dengizdagi harbiy harakatlar maydonida strategik va operativ vazifalarni bajarishga moʻljallangan qurolli kuchlar turi. Harbiy-dengiz floti suv osti kemalari, Harbiy-dengiz floti aviatsiyasi, suv usti kemalari, qirgʻoq raketa-artilleriya qoʻshinlari va dengiz piyodalari kabi kuchlar turi (mas, Tinch okean floti, Boltiq floti, Kaspiy flotiliyasi va boshqalar)dan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida chegara qoʻshinlari tarkibiga kiruvchi Amudaryo harbiy flotiliyasi mavjud.
O‘t o‘chiruvchilar odamlarni, hayvonlarni va mol-mulkni turli hodisalar, favqulodda holatlar, yong‘in, transport hodisalari, suv toshqinlari va ekologik xavf-xatardan himoya qiluvchi, qutqaruvchi kasb egalari hisoblanadilar. Ular aholiga yong‘inning oldini olish va xavfsizlik choralarini; favqulodda chaqiruvlarga javob berishni; xavf ostida qolgan insonlarni va hayvonlarni xavfsiz joyga olib kelishni; birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatadilar.
Qurilish muhandislari yo'llar, ko'priklar, quvurlar kabi ulkan va kichik infratuzilma loyihalarini ishlab chiqadi hamda boshqaradi. Qurilish muhandisining vazifasi murakkab va xilma-xildir. Unga mijozlar bilan suhbatlashish, joylarni o'rganish, loyihalarni tayyorlash (chizmalar chizish), byudjetni tuzish, loyihaning atrof-muhitga ta'sirini baholash, shuningdek, hududning sog'liq va xavfsizlik standartlariga javob berishini o'z ichiga oladi.
Veterinariya shifokori kasal yoki shikastlangan hayvonlarni davolaydilar. Ular hayvonot bog'lari va yovvoyi hayvonlarni qamrab olgan ko'plab hayvon turlari bilan ishlashga o‘qitiladi. Lekin umumiy amaliyotda esa veterinarlar asosan uy va qishloq xo'jalik hayvonlariga e'tibor beradilar. Veterinar sifatida siz veterinariya shifoxonalari kabi hayvonlarni parvarish qilish joylarida parvarish va gigiyena standartlarini nazorat qilishingiz, shuningdek, hayvonlar kasalliklarining tashxisi va profilaktikasini o‘tkazishingiz mumkin.
Oshpaz sifatida muvaffaqiyat qozonish uchun taom pishirishga bo'lgan muhabbat juda muhimdir. Ushbu kasb restoran yoki boshqa ovqatlanish joylarida oziq-ovqat ishlab chiqarishni rejalashtirish va muvofiqlashtirish, oshxonani boshqarish va xizmatchilarga ko'rsatmalar berishni o'z ichiga oladi. Oshpazlar taomni o'zlari tayyorlashlari yoki ularning tayyorlanishini o'z xodimlari tomonidan nazorat qilishlari mumkin. Ko'pgina oshpazlar noyob menyular va o'ziga xos taomlarni yaratishlari bilan mashhur. Shuningdek, ular umumiy ovqatlanish joylari, restoranlarni sotib olish va ularni byudjetlashtirish bilan shug'ullanadilar.
Restoran, kafe va shu kabilarda xoʻrandalarga xizmat qiluvchi, ulardan buyurtma olib, ovqat keltirib beruvchi xodim.
Iqtisodchilarning vazifasi odamlar ishchi kuchi, energiya va mablag‘ kabi resurslardan qanday foydalanishlarini tahlil qilish va kuzatishdan iborat. Ular ma’lumotni turli usullarda ishlatadigan kompaniyalar uchun hisobot va prognozlar tayyorlaydilar. Ushbu ma’lumotlar ish haqi va soliqlar solinishi kabi masalalarda o‘z siyosatini shakllantirish yo‘lida foydalaniladi.
Logistika— tovar va ma'lumotlar oqimini ishlab chiqaruvchidan to oxirgi iste'molchigacha bo'lgan barcha bosqichlarida boshqarishni optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Logistikaning maqsadi xarajatlarni kamaytirish va korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishdir. Inventarizatsiyani yanada samarali boshqarish uchun kompaniya inventar darajasini kuzatish, talabni bashorat qilish, inventarizatsiya darajasini optimallashtirish va inventar xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi xaridlar va inventarizatsiyani boshqarishni avtomatlashtirish tizimidan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, etkazib beruvchilarni tanlash va tovarlar va materiallar sifatini nazorat qilish inventarizatsiyani boshqarishning muhim jihatlari hisoblanadi. Buning uchun korxonada nafaqat narx, balki tovarlar sifati, yetkazib berish muddatlari, to‘lov shartlari va boshqa omillarni ham hisobga oladigan yetkazib beruvchilarni baholash va tanlash tizimi bo‘lishi kerak. Transport va saqlash asosiy logistika vazifalaridir. Transport tovarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydi, omborxona esa butun ta'minot zanjiri bo'ylab tovarlarni vaqtincha saqlashni ta'minlaydi.
Interyer dizayn — atrof-muhit va odamlar oʻrtasidagi qulaylik va estetik jihatdan yoqimli oʻzaro taʼsirni taʼminlash uchun binolarning ichki qismiga qaratilgan dizayn sohasi. Ichki dizayn badiiy va sanoat dizaynini birlashtiradi. Dizayner xonadagi ishlarni optimallashtirishni amalga oshiradi, katta xonalarda navigatsiyani yaxshilaydi, mijozlarning talablariga muvofiq ixtisoslashtirilgan xonalarning dizaynini ishlab chiqadi (masalan, ovoz yozish studiyalari, filmlarni tahrirlash, fotografiya, akvaparklar). Dizayner xonaning tartibi, yorugʻlik, shamollatish tizimlari, akustikadan boshlab, ichki dizaynning butun jarayonini boshqaradi; devorlarni bezash; va mebelni joylashtirish va navigatsiya belgilarini oʻrnatish bilan yakunlanadi.
Razvedka agentligi davlat idorasi boʻlib, huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, mamlakatning milliy xavfsizligi, harbiy va tashqi siyosatdagi manfaatlarini himoya qilad Razvedka xodimlari vatan xavfsizligini taʼminlashda terrorizm, odam savdosi, uyushgan jinoyatchilik kabi turli tahdidlardan himoya qiladilar. Ular ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalaridan foydalanib, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar yoki shaxslar haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan "manbalar", ya'ni maxfiy odamlarning ma'lumotlarini talqin qilishlari mumkin.
Murabbiylik — yoshlarga axloqodob, kasb-hunar, ilm-fan sohalarini oʻrgatish, sanʼat, sport mashgʻulotlariga rahbarlik qilish faoliyati.
Samolyotni boshqarish yoʻnalishli parvoz boshqaruvlarini ishlatib, samolyotning parvozini boshqaradigan shaxs hisoblanadi. Bu kasb katta mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi, chunki uchuvchilar qimmat samolyotni boshqarib, yo'lovchilar xavfsizligi va qulayligini ta'minlashi lozim. Ular, shuningdek, aniq grafik va standartlarga muvofiq ishlaydilar. Uchishdan avval uchuvchilar tijorat samolyotini boshqarish uchun chuqur tayyorgarlikdan o'tishlari zarur.
Rejissor spektakl, film, tele va radio koʻrsatuv va eshittirishlarini, estrada va sirk dasturlarini sahnalashtiruvchi shaxs. Oʻz ijodiy oʻylari, maqsadi asosida tomoshaning barcha ishtirokchilari – aktyor, rassom, kompozitor, kinoda operator ishini birlashtirib, yangi tomoshaviy voqelik yaratadi.
Turistik agent turoperator tomonidan tashkil etilgan turlarni sotish bilan shugʻullanadigan tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor. Turistik agent turistik operatordan ekskursiyalarni sotib oladi va turistik mahsulotni xaridorga sotadi yoki turoperator tomonidan taqdim etilgan komissiya uchun sayyoh va turoperator oʻrtasida vositachi sifatida ishlaydi.
Broker (ing. broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. Brokerlar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, broker haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik brokerlik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta broker gofbrok yer deb ataladi.
Treyderlik, tijorat faoliyatining bir turi hisoblanadi. Treyderlik, moliyaviy aktivlarning o'zgarishlaridan foydalanib, valyutalar, aksiyalar, hamda oylik obligatsiyalar, moliyaviy almashishlar va boshqa moliyaviy vositalardan foydalanib, daromad olishga harakat qilishdir. Treyderlar, qiyinlik darajasi va risklarni o'rganish va boshqarish bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak. Kunlik savdo (inglizcha: Day-Trading) — ochiq pozitsiyalarni keyingi kunga oʻtkazmasdan, savdo kuni davomida birjada spekulyativ savdo. Kunlik savdo atamasi faqat bir kunlik savdodan foydalanadigan strategiyani anglatadi, unda qimmatli qogʻozlarni saqlash muddati odatda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi[1]. Koʻpgina treyderlar bir vaqtning oʻzida bir nechta strategiyalardan foydalanishlari mumkin, ulardan biri kunlik savdodir.
Mehmonxona menejeri mehmonxonaning xavfsizligi, qulayligi va daromad keltirishi uchun javobgardir. Ularning vazifalariga xodimlarni yollash va boshqarish, mehmonlarga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish va yashash sharoitlaridan mamnunligini ta'minlash, shuningdek, uy-ro'zg'or jihozlari va mehmonlar uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini nazorat qilish kiradi. Biznesni rivojlantirish va byudjet hisobini yuritish ham menejerning asosiy vazifalaridir.
Menejer (inglizcha: manager — boshqaruvchi) 1) korxona va kompaniya egalari boʻlmagan, maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassis — yollanma boshqaruvchi. 2) rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, maʼmuriy boshqaruvchi kabi rahbar xodimi. 3) obligatsiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruxlari ishtirokchisi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Menejer xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil boʻlib qoladi.
Prodyuser (inglizcha: producer,produce - „yaratish“) - rivojlangan mamlakatlarda film ishlashda gʻoyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy jihatdan nazorat qilishni amalga oshiruvchi kinokompaniyaning ishongan kishisi. Rejissyor, aktyor, ssenariychilar ham prodyuser boʻlishi mumkin. Prodyuserlar – har qanday televideniye yoki kino mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni boshida turadi. Ushbu kasb ssenariylarni baholash, badiiy kitoblarni videomahsulotga moslashtirish huquqini sotib olish va filmni suratga olishdan avval moliyaviy mablagʻlarni olishni o'z ichiga oladi. Prodyusserlar rejissyor va suratga olish jamoasini yollaydi, suratga olish jadvalini tuzadi hamda ishbilarmonlik, ijodkorlik va texnik tajriba yordamida loyihani o'z vaqtida va byudjet miqdoridan kelib chiqib bajarilishini ta'minlash uchun javobgardir.
Moda dizayni — bu kiyim va uning aksessuarlariga dizayn, estetika, kiyim konstruktsiyasi va tabiiy goʻzallikni qoʻllash sanʼati. U madaniyat va turli yoʻnalishlar taʼsirida boʻlib, vaqt va makonga qarab oʻzgarib turadi. Moda dizayneri isteʼmolchilar uchun kiyim-kechak, jumladan koʻylaklar, kostyumlar, shimlar va yubkalar, shuningdek, poyabzal va sumkalar kabi aksessuarlar yaratadi. U kiyim-kechak, aksessuarlar yoki zargarlik buyumlari dizayni boʻyicha ixtisoslashishi mumkin yoki ushbu sohalarning bir nechtasida ishlashi mumkin. Kiyimni bozorga chiqarish uchun zarur boʻlgan vaqt tufayli dizaynerlar isteʼmolchi istaklaridagi oʻzgarishlarni oldindan bilishlari kerak. Moda dizaynerlari shakli, rangi, matolari, bezaklari va boshqalarni oʻz ichiga olgan holda individual kiyimlarning koʻrinishini yaratish uchun ham javobgardir
Huquqni muxofaza qilish xodimlari mahalliy hamda milliy miqyosda qonun va tartibni saqlaydilar. Bu rolda jamoatchilikni tinchlantirish, jinoiy harakatlarning oldini olish uchun patrullik qilish, jamoatchilikka xulq-atvor qoidalarni targ'ib qilish, yordamga muhtojlar chaqiruviga javob berish, huquqbuzarlarni ushlash va guvohlik berish, jinoyatlarni tergov qilish va gumonlanuvchi guvohlarni so'roq qilish kabi vazifalar bajariladi.
Mazkur kasb sayyoramiz, uning tuzilishi, okeanlar, atmosfera va tirik mavjudotlarning o'zaro ta'sirini o'rganishni yaxshi ko'radiganlar uchun moʻljallangan. Geologlar fizika, kimyo va matematikadan olgan bilimlaridan foydalanib, dunyodagi turli muammolar - vulqon faolligini bashorat qilish, aholini toza suv bilan ta'minlash, tabiiy resurslarni (neft va gaz kabi) qazib olishning eng yaxshi usulini topishgacha o'rganadilar.
Hayvonot bog'i xizmatchisi hayvonot bog'lari, qoʻriqxonalar yoki akvariumlarda yovvoyi, noyob va ekzotik hayvonlarni parvarish qiladi. Ish jarayoni faol, tez-tez ochiq havoda bajariladigan vazifalarda hayvonlarni boqish, yuvish va parvarish qilishdan tortib to'siqlarni loyihalash, saqlash, hayvonlarga tibbiy yordam ko'rsatishda ko'maklashish va yozuvlarni yuritish kabi vazifalar kiradi. Shuningdek, hayvonot bog'i xizmatchisi hayvonot bog'iga tashrif buyuruvchilarni boshqarishi, o'qitishi hamda tabiatni muhofaza qilish tadqiqotlarida foydali bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni to'plashi mumkin.
Hamshiralar kasal, jarohatlangan yoki salomatligi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan odamlarga yordam va gʻamxoʻrlik ko'rsatadilar. Ular davolash va muolaja ishlarini yuritadilar, bemorlarni parvarish qilishni rejalashtiradilar, maslahat va amaliy yordam ko'rsatadilar. Turli joylarda, jumladan kasalxonalar, sog'liqni saqlash muassasalari, maktablardagi tibbiy punktlarda, shuningdek, xususiy klinikalarda ishlash imkoniyatlari mavjud.
Fermer xo'jaliklari boshqaruvchilari chorvachilik, sut mahsulotlari, ekinlar yoki aralash fermer xo'jaliklarining muammosiz va daromadli bo'lishini ta'minlashga mas'uldirlar. Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, hayvonlarni ko'chirishdan tortib, ekinlarni almashlab ekishni rejalashtirish va biznesni boshqarishgacha boʻlgan vazifalarni qamrab olgan. Unga mahalliy iqlimga, tuproq sharoitiga, aholining mahsulotga bo'lgan talabiga, supermarketlar, oziq-ovqat kompaniyalari, xaridorlar va boshqa kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarga qarab o'zgaradi.
Aktyorlar rollarni nutq, harakat va tana tili kombinatsiyasi orqali tasvirlaydilar. Ular asosan teatr, kino, televideniye va radioda ishlaydilar; ular shuningdek tijorat videoroliklari va reklamalarda tasvirga tushishi yoki ovozlarini yozib olishlari mumkin. Odatda ular rejissyor ko'rsatmasi bo'yicha ssenariy asosida ishlovchi dramaturg yoki ssenariy muallifining so'zlarini talqin qiladilar, lekin ba'zida ular ijro paytida improvizatsiya qilishlari mumkin.
Santexniklar isitish tizimlari, qozonxonalar, suv quvurlari, drenaj tizimlari, konditsionerlar va kir yuvish mashinalari kabi maishiy uskunalarni o'rnatadilar va ta'mirlaydilar. Ular uylarda, idoralarda yoki ishlab chiqarish joylarida ishlaydilar. O'z-o'zini ish bilan taʼminlashlari yoki yirik firma yoki korxonaning xodimi bo'lib ishlashlari mumkin. Ish jarayoni elektr asboblardan tortib payvandlash moslamalariga qadar, ko'pincha nam va tor sharoitda keng ko'lamli asbob-uskunalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Elektrchilar elektr qurilmalari, masalan, elektr simlarini oʻtkazish, yoritkichlar, rozetkalar va boshqa elektr toki bilan bogʻliq uskunalarni o'rnatadi va ta'mirlaydi. Ko'pchilik elektrchilar uy, do'konlar, ofislar va zavodlarda ishlaydilar. Boshqalar ko'cha yoritkichlari, elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatishda foydalaniladigan yuqori voltli tizimlar yoki og'ir sanoat tarmoqlarini quvvat bilan ta'minlaydigan elektr kabellari kabi ixtisoslashgan sohalarda faoliyat yuritadilar.
Raqqosalar tana harakatlari yordamida musiqa sadosi orqali hikoyalarni namoyon qilib, tomoshabinlarning ko'ngil ochishlari uchun g'oyalarini raqs orqali ifodalaydilar. Ular raqs trupppasi yoki teatr guruhi a'zolari sifatida sahnada ishlashlari yoki filmlar, teletomoshalar va musiqiy videokliplarda qatnashishlari mumkin. Raqqosalar o'z mahoratlarini oshirish, jismoniy tayyorgarlik ko‘rish va egiluvchanlikni oshirish uchun ko'p vaqtlarini mashg'ulotlarda o'tkazadilar. Ular odatda balet, jazz yoki ko'cha raqsi kabi bitta janrga ixtisoslashgan bo‘ladilar.
Operatorning vazifasi raqamli video va kino kameralar yordamida filmlar, teledasturlar, musiqiy videolar yoki reklama uchun harakatlanuvchi tasvirlarni suratga olishni o'z ichiga oladi. Kamera operatori sifatida siz ssenariy boʻyicha suratga olish, rejissyorning ko'rsatmasi bo'yicha kadrlarni namoyon qilish va kadrlarni chizish, shuningdek, aktyorlar va suratga olish jamoasining boshqa a'zolari bilan yaqindan ishlash uchun texnik va ijodiy ko'nikmalardan foydalanadi.
Kitob va jurnal muharrirlari o'z nashrlarining tahririy mazmuni uchun javobgardir. Bu ishdagi vazifalar qo'lyozmalarni baholash va yozuvchilarga matn tuzishga buyurtma berishdan, matnning to'g'riligi, imlosi va grammatikasini tekshirishdan iborat bo'lishi mumkin. Muharrirlar to'g'ridan-to'g'ri soha mutaxassislari, grafik dizaynerlar va rasmchilari bilan hamkorlikda ishlashi, nashriyot mahsulotini targ'ib qilish, chop etishda savdo, marketing yoki ishlab chiqarish xodimlari bilan bog'lanishi mumkin.
Jurnalistika ikkita oʻzaro bog'liq sohadan iborat: ma'lumotni o'rganish va to'plash; kontentni yozish va taqdim etish. Jurnalist sifatida, voqealar sodir bo'lganda xabar berish yoki odamlardan voqea joyida intervyu olish uchun, odatda, "harakatda" bo'lishingiz kerak bo'ladi. Jurnalist odatda unga ma'lum bir biriktirilgan mavzu bo'yicha ishlaydi. Yaxshi muloqot qobiliyatlari va ishga vijdonan munosabat juda muhimdir.
Aksariyat musiqachilar uchun musiqa nafaqat kasb, balki hayotdagi qiziqishi hamdir. Musiqa yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishish uchun sizga tabiiy qobiliyat, fidoyilik va juda ko'p mashq kerak bo‘ladi. Musiqachilar, ayniqsa, klassik musiqa yoki kompozitsiya yo‘nalishi bo'yicha mashg'ulotlar olishlari mumkin, ammo ko'pchilik musiqachilar o'zlari mustaqil ravishda o'rganadilar. Ularning daromad miqdori yakka tarzda, guruh, ansambl tarkibida ijro etish, kuy bastalash yoki musiqa yozish (aranjirovka) orqali farqlanadi.
Kutubxonachilar kitoblar, ensiklopediyalar, jurnallar, elektron hujjatlar va boshqa to'plamlarni tashkillashtiradi va boshqaradi. Ushbu kitob to'plamlarining ba'zilari omma foydalanishi uchun mavjud, boshqalari esa universitetlar, muzeylar yoki arxiv tashkilotlarida saqlanadi. Kutubxonachilar kitoblar va boshqa nashrlarni saralaydi, sotib oladi, ularni joylashtirish uchun katalogga kiritadi va kitobxonlar ma'lumot topishlariga yordam beradilar.
Oy va asteroidlarda foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish bilan shug'ullanadigan mutaxassis .
Bu o'zining boshlang'ich loyihalarini amalga oshirish, yangi startaplar guruhlarini nazorat qilish, ularga o'z loyihalari amaliyotida tadbirkorlik faoliyatini qanday olib borishni o'rgatish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassis
Kosmonavtlar yuqori malakali shaxslar bo‘lib, kosmik kema yoki kosmosda maxsus missiyalarni bajaradilar. Bular o‘z ichiga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va ta’mirlash, yoki gravitatsiya tanqis sharoitda ilmiy tajribalar o‘tkazishni oladi. Kosmonavtlar milliy kosmik agentliklar tomonidan ishga olinadilar, va sanoqli tanlab olinganlargina dunyoning eng o‘ziga xos kasbi bo‘lmish koinotga sayohat qilishga erishadilar.
Havo kemasi salon ekipaj a'zolari (styuardessalar) yo'lovchilarning xavfsiz, qulay va zavqli parvozini ta'minlaydilar. Xizmat vazifalarga samolyot salonini tekshirish, yo'lovchilarni kutib olish va joylashtirish, xavfsizlik bo'yicha koʻrsatmalar berish, ichimliklar tarqatish va xizmat ko'rsatish kiradi. Samolyot ekipaji favqulodda vaziyatlar va xavfsizlik qoidalariga javob berishga, birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga o‘qitilgan. Ular yoʻlovchilar bilan yuzaga kelgan turli muammolarni hal qilishlari lozim.