To’g’ri kasbni tanlash sizning barcha imkoniyatlaringizni ishga solishga, umidsizlikka tushmaslikka, o’zingizni va oilangizni qashshoqlik va kelajakka nisbatan noaniqlikdan himoya qilishga imkon beradi.
BatafsilHar kim kelajak kasblarini har xil tasavvur qiladi. Kimdir kelajak kasbi bu axborot kommunikatsiya texnologiyalari ekaniga ishonsa, yana kimdir iqtisodiy tarmoqlarni kelajak kasbi deb hisoblaydi.
Batafsil"Jobs of Tomorrow" saytining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin 15-20 yil ichida robotlar va sun’iy intellekt odamlardan o‘rnini "tortib oladi".
BatafsilHozirda biz doimiy o‘rganish rejimida yashayapmiz — bu lifelong learning (uzoq muddatli o‘rganish) kontseptsiyasidir. Doimiy o‘rganish va o‘rgatish uchun yangi vositalar va yondashuvlar kerak bo‘ladi. Umumta’lim tizimi shubhasiz har bir maktab o‘quvchisi va talabasiga individual yondashuv o‘rnatish o‘rniga joyini shaxsiylashtirilgan yondashuvga berishi kerak. Kelajakdagi ustoz va murabbiylar har bir insonning qobiliyatlarini erta yoshdan aniqlash va rivojlantirishga yordam beradi.
bolalarga o‘rganishga yordam beradi va ularning salohiyatini rivojlantiradi, ular bilan mazmunli o‘zaro aloqani o‘rnatish va mahalliy g‘oyalar va muammolarni o‘rganishga e’tibor qaratadi.
onlayn va oflayn kurslar, stajirovkalar, simulyatorlar va mashqlar yordamida o‘quv rejasini tuzadigan ta’lim sohasidagi ekspert.
ta’limiy o‘yinlar ishlab chiqadigan va ularni o‘qish yoki ish jarayoniga kiritadigan mutaxassis. Bunday mutaxassislar maktablar, universitetlar, ta’lim markazlari va biznes uchun zarur. O‘qish, ish va boshqa sohalarda o‘yin yondashuvini qo‘llashni “geyimifikatsiya” deb atashadi.
o‘quvchining bilimlari va qiziqishlariga moslashadigan onlayn kurslar ishlab chiqadigan IT mutaxassisi. O‘qituvchining roli qisman yoki to‘liq sun’iy intellekt tomonidan bajariladi. U individual o'quv dasturini tuzish, imtihon topshirish, talabalarni rag'batlantirish va suhbatda savollarga javob berishi mumkin.
professional maqsadlarni aniqlash va ularga erishishga yordam beradigan mutaxassis. U mijozning qobiliyatlarini tahlil qiladi, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi, ta’lim dasturini tuzishga yordam beradi, bu o‘z navbatida uning karerasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
mijozning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus texnikalardan foydalanadigan mutaxassis.
qobiliyatli xodimlarni izlash, ularni rivojlantirish va kompaniyada saqlab qolish bilan shug‘ullanadigan shaxs. Ular yangi ish joyiga moslashishga yordam beradi, kompaniyaga esa barqaror kadrlar zaxirasini yaratishga yordam beradi, shunda xodim ishdan ketganda uni tezda almashtirish mumkin.
ta’lim muassasasida yoki loyihada, onlayn kurslarni tayyorlashni, tashkil qilishni va targ‘ib qilishni, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi muloqotni muvofiqlashtirishni va platformani takomillashtirish uchun talablarni shakllantirishni amalga oshiradigan mutaxassis.
odamlarni sun’iy intellekt imkoniyatlarini maksimal darajada samarali ishlatishni o‘rgatadigan mutaxassis.
raqamli implantlar yordamida ishchi xotira hajmini oshirish va xotiradan keraksiz bilimlarni olib tashlashda yordam beradigan mutaxassis.
malaka oshirish uchun eng mos dasturlarni tanlashda yordam beradi, ta’limni hayotga qanday moslashtirishni maslahat beradi va yangi kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.